Izohli lug‘at
bekorchi
бекорчи
Ma’nolari
- Ishsiz, bekor yuruvchi, qoʻli boʻsh.
- Foydalanilmay, ishlatilmay yotgan; ortiqcha; keraksiz.
- Asos-haqiqati yoʻq; shunchaki, shunchaki aytilgan.
- Bekorchi gap Asos-isboti yoʻq gap; tagi puch gap, boʻlmagʻur, yolgʻon gap.
Misollar
- Bekorchidan bezib qoch, Chaqimchidan — koʻchib. Maqol. n
- Qayoqqa qarasang, kam-bagʻal, bekorchi, nota zor odamlarni koʻrasan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oshxonada mudir edi — boʻshatishdi, hozir uyda, bekorchi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Menda bekorchi pul yoʻq. Bekorchi qogʻoz.
- Bekorchihazil chinga aylanibketdi, axir. "Askiya".
- Bekorchi gap-larni qoʻying, kasal boʻlmasangiz, nega kel-dingiz? A. Muxtor, Chinor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0