Izohli lug‘at
beldor
белдор
Ma’nolari
- sft. Beli yoʻgʻon, beli baquvvat; kuchli.
- ot. tar. Belkurak bilan ishlovchi; bel bilan qurollanganlar.
Misollar
- Joʻra.. askarning yukini olib.. beldor eshakka ildam ortib.. piyoda ketdi. Oybek, O. v. shabadalar.
- Yoʻgʻon Usmon mirob — barvasta, beldor, Soqol koʻksida, koʻzlar katta, hushyor. Habibiy.
- Qoʻrgʻon himoyachilari doʻldek yogʻayotgan toshdan va oʻqlardan saqla-nish uchun oʻzlarini panaga olgan paytlarida.. beldorlar xandaqning anchagina qismini toʻl-dirib tashladilar. M. Osim, Oʻtror.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0