Izohli lug‘at
bemalol
бемалол
Ma’nolari
- Ma-lollik, oʻngʻaysizlik sezmay, tortinmay, yozilib; erkin, bahuzur.
- Bemalol boʻlsa krsh. s. Malol kelmasa, malollik qilmasa. [
- Bamaylixotir, xotirjam; shoshilmay.
- Toʻsqinlikka uchramay, bexavotir, oson, xavfsiz.
- Aniq, yaqqol. Ajium buva yuqoridagi qiygʻoch teshiklardan qaradi. Hamma yoq bemsyul koʻrinardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o. Yupqa kapron koʻylakdan yelkasidagi
- -Oʻzbek tilining izohpi lugʻati
- Toʻliq ravishda, bekam-koʻst; yetarli.
- Oʻtaketgan beparvo, gʻam-tashvishsiz kishi haqida.
Misollar
- Mayli, xafa boʻlmang. Ayam bilan bemalol turaverasiz. S. Zun-nunova, Gulxan.
- Bemalol yozilishib oʻti-ringlar! Yomon koʻrganim — yoshlarning suh-batiga qarilarning suqilishi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar. Kiapa ayollarga xos chiroyli harakat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi. Keyin oʻz eri oldida turganday bemalsh yechina bosh,shdi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Fotima domlaga.] Ke-ling, dom,ga pochcha! Bemalol boʻlsa, ana shu turgan stulni mening yaqinrogʻimga qoʻyib oʻtiring. Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
- Qoʻsh-ni, bemalol boʻlsa, bizni xoli qoʻysangiz! Uygʻun, Asarlar.
- -Xoʻp, mashsh, — dedi Oʻrmonjon,— boʻlar ish boʻlib oʻtibdi. Endi bemalol, bexavotir ish-lay bering. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Devor tagida katta sigir boshvogʻini yerga yoyib, bemalol kavsh qaytarib yotardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ertshab koʻprik boshqatdan qilindi, endi har qanday ogʻir yuk bilan bemalol oʻtsa boʻlardi. A. Muxtor, Opa-singillar.
- Orasidan qoʻqonarava bemalol yuradigan keng, uzun ishkomlar ikki tanobdan moʻlroq yerni ishgʻol etgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Joy hammaga bemalol yetadi. n [Yerning] Yarmiga sabzi, yarmiga kartoshka ekasan. Shu bilan qishligimiz bemalol chiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oʻzi bemalolning soʻzi bemalol. Maqol.
- husnbuzarlari bemalol koʻrinib turibdi. S. Ahmad, Saylanma.
Kelib chiqishi
be.. + malol
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0