Izohli lug‘at
benuqson
бенуқсон
Ma’nolari
- Kamchiligi yoʻq, nuqsondan xoli, mukammal, toʻla-toʻkis.
Misollar
- Benuqson odam. Benuqson ish. Benuqson ishlamoq. Oʻzgada nuqson koʻrsang, oʻzingni benuqson dema. Maqol. n
- Nigora yechinmoqda edi. Uning.. benuqson, quyib qoʻyganday qomati chiroq oʻchishi bilan qorongʻilikka singishib ketgandek boʻldi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Ojiza xayolida oʻzini benuqson qizlar qatorida his qildi, ich-ichidan sevinib ketdi. I. Rahim, Taqdir.
Kelib chiqishi
be.. + nuqson
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0