Izohli lug‘at
bet
бет
Ma’nolari
- Yuzning yonoqdan iyakkacha boʻlgan ikki tomonidan har biri; chakka.
- Biror narsaning betkay, sirt tomoni, yuzasi.
- ayn. sahifa 1.
- Tomon, chet, sohil.
- Temirdan yasalgan asbob-qurol-larning tigʻi, dami.
- Bet boʻlmoq Yuzma-yuz boʻlmoq, roʻpara kelmoq, uchrashmoq.
Misollar
- Goʻyo bu sehrgar chol hamma sirni betdan oʻqib olar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Xon, Avaz-ning gapini eshitmagandek, betini burib, qavatidagi naqqoshga nimadir tayinlagan boʻldi. S. Siyoyev, Avaz.
- Ikki beti qip-qizil olmaday. n Doka roʻmolin dol qoʻygan, oʻng betiga xol qoʻygan. "Qoʻshiqlar".
- Ikki beti yiltillab, Novvoy shirmoy kulchaday.. "Nurali".
- Yerning beti sergib, tobiga kelishi bshyun chigit ekishga kirishuvimiz kerak. Gazetadan.
- Hovuz betiga kumushday yiltiroq tanga baliqlar chiqib, non ushoqlarini ilib keta boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Sol qalqibturibdi suvningbetida. "Nurali".
- Gazetaning toʻrtinchi beti. n Ertasiga haligi sheʼr gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqib, ham-maning ogʻzida qiroat qi/shndi. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
- Axir necha yuz bet keladigan asarni kecha-kunduz uxlamay, koʻz nurini toʻ-kib, qoʻlda yozib chiqishning oʻzi ham mehnatga kirmaydimi? Shukrullo, Saylanma.
- Salorga yaqin-lashganda, suvning narigi betidan xotin-larning tovushi keldi. Oydin, Oʻzidan koʻrsin.
- Sal yurishgandan keyin ayol, yetdik, deb koʻchaning chap betidagi eshik oldida toʻxtadi. S. Ahmad, Ufq.
- Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin boʻlib muiadi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- ..bola-chaqasining koʻz oʻngida sharmanda boʻlgan odam qayta boshdan ularga bet boʻlishga haddi boʻlmaydi. "Yoshlik".
- Bet boʻlaman deb tagʻin melisaga tushib qolma. "Sharq yulduzi.". Bet olmoq Qalinlashmoq, qaymoqlanmoq.
- Ertashb sut bet oladi va bir oz quyuq tortadi. K. Mahmudov, Uzbek tansiq taomlari. Bet chidamaydi Uyalasan, nomus qilasan kishi.
- Hadeb gap eshita-verishga bet chidamaydi. Betga aytmoq Aya-masdan (yashirmasdan) oʻziga aytmoq.
- Betga aytganning zahri yoʻq. "Askiya". Betga chopmoq Yuz-xotir qilmay tik gapirmoq. Betiga oyoq qoʻymoq q. oyoq. Betiga qaramay 1) hisob-lashmay, saxiylik bilan.
- Pulning betiga qaramay sarf qi>shoq; 2) ayamay, ayab oʻtir-masdan.
- Otning betiga qaramay, kechikmay nomani yetkaz. "Yusuf va Ahmad".
- Qaramang otning betiga, Qamchilar uring etiga. "Gul-norpari". Beti yoʻq Or-nomusi yoʻq, yuzsiz.
- Elga qoʻshilganning koʻngli toʻq, eldan aj-rsiganning beti yoʻq. Maqol.
- Bekorchining beti yoʻq, Qozon osar eti yoʻq. Maqol. Beting bormi? Uyating, or-nomusing bormi? ..be-tini koʻrmagan Hech koʻrmagan, boshdan ke-chirmagan, oʻzi nima ekanligini bilmaydigan.
- Eyeini tanigandan buyen xasta boʻlmagan, tabib betini koʻrmagan Ioʻlchi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Betini koʻrmay ketmoq Yoʻ-qolib, uzoqlashib ketmoq; judo boʻlmoq.
- Oʻn besh yil Shodmonboyning pulsiz xizmatini qilib, oxirida oʻn toʻrt ysh qishloq betini koʻrmay ketsin. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy. Betini sidirmoq Uyatni yigʻish-tirib qoʻymoq, loʻlilik qilmoq.
- Qi^shb shar-mandalik, betni sidirdi, Yulib koʻz, hiylai nayrang qidirdi. Habibiy. Betini yulmoq Dod-faryod solib, betini timdalamoq.
- Onam yonimga kelib, betini yula 6ouhiadu: -Nima balo qshding, juvonmarg? Endi el-yurt oldida qandoq tirik yuramiz? P. Tursun, Oʻqituvchi. Betini qaytarmoq Shashtini toʻxtatmoq, orqaga burib tashlamoq, cheki-nishga majbur qilmoq.
- Lanati fashistning betini bir qaytarib olsak, marra bizniki.. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Beti qalin (yoki qattiq) Gap taʼsir qilmaydigan, or-nomusi yoʻq, surbet.
- Betimning qalini — jonimning huzuri. Maqol. ■■
- Umid qilma endi sutu qatiqdan, oʻrgildim-ku sendek beti qat-tiqdan. A. Poʻlat. Beti qolmaslik Botina olmaydigan, uyaladigan boʻlib qolmoq.
- Oʻzim chiqay desam, betim qolmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Beti qora El oldida uyatga qolgan, yuzi shuvut.
- Badfeʼlning beti qora. Maqol. Beti qotmoq Gap taʼsir qilmaydigan, uyal-maydigan boʻlib qolmoq.
- Bolani soʻksang, beti qotar, Ursang — eti qotar. Maqol. Beti qursin qargʻ. Yuzini koʻrishga toqatim yoʻq, koʻzga koʻrinmasin, yoʻqolsin, oʻlsin, qurib ketsin.
- -Betlaring qursin, odamxoʻrlar.'— deb gʻijinardi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar. Qaysi (yoki ne, qanday) bet bilan Qanday qilib, uyalmay-netmay.
- Akam — jigarim. Suyunaman! Lekin.. endi unga qaysi betim bilan roʻpara boʻlaman! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ne bet bilan Qoʻngʻirot elga boraman. "Alpomish". Qoʻlini betga tortmoq Fotiha qilmoq, duo qilmoq, fotiha bermoq.
- Dushman bitgan — bari jonni sotadi, Mirza Mahmud qoʻlni betga tortadi. "Yusuf va Ahmad".
- betidagi quyuq qora qoshi, qorachigʻi, yirikdan kelgan oʻynoqi koʻzlari Elmurodga Muharramni es-latdi. Shuhrat, Shinelli yillar.
Kelib chiqishi
1 Odam boshining old qismi, old tomoni; yuz, aft. Uning [qizning
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0