Izohli lug‘at
betkay
беткай
Ma’nolari
- Tog‘ning janubiy qismi:
- Narsaning kuzatuvchiga yoki biror narsaga qaragan old qismi, sirt tomoni.
- bet 3.
Misollar
- Togʻlarning kun tushmas – shimol tomoni terskay, kun boʻyi kun tushar – janub tomoni betkay deyiladi. Bizda esa togʻoldi, togʻ orqasi deb yozib kelinmoqda. — maʼlumot.ru — Til – oʻzagimizning, oʻzligimizning, oʻziga bekligimizning bosh belgisi
- Kun[ga] betkay joyda boʻlgani, adir shabadasiga koʻndalang turgani uchun bu yer doimo qaqrab yotadi. — Ibrohim Rahim — Hayot buloqlari
- Oʻtov tikilgan kenglik quyoshga betkay boʻlgani uchunmi, oʻt-oʻlanlar yaxshi unib, yer betini qoʼshgan. — Xudoyberdi To‘xtaboyev — Yillar va yoʻllar
- Shamol tekkan giyohlarning astari kumush rangga kirar, shamol tegmagan betkayi tiniq yashil tusda qimirlamay turardi. — Said Ahmad — Jimjitlik
- Ko‘cha betkayida boʻladigan har kungi ochiq olashovur bozorlar yoʻq. — G‘afur Gʻulom
- Hovli betkayiga qator-qator stollar, kursilar qoʻyilgan. — — Sharq yulduzi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0