Izohli lug‘at
bexosdan
бехосдан
Ma’nolari
- Kutmagan, xayolga kelmagan vaqtda; kutilmaganda, toʻsatdan, qoʻqqisdan.
- Gʻayriixtiyoriy ravishda.
Misollar
- Nazokat bexosdan berilgan bu soʻroqqa javob berishga oʻngʻaysizlanib, uzoqda sargʻayib turgan adirlarga tikildi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
- Bexosdan uning qoʻli tegib ketganidan, tikan kirgan yeri lovullab achishdi. "Yoshlik".
- Ichkarida gap tugab, mayus sukunat boshlangach, Elmurod bexosdan qichqirib yuborishdan qoʻrqqanday, qoʻli bilan ogʻzini bosib, yon-veriga alangladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0