Izohli lug‘at
bichim
бичим
Ma’nolari
- Kiyim-kechakning taxliti, fasoni, bichigʻi.
- Tana (gavda) tuzilishining yaxlit koʻrinishi, qad-qomat; qiyofa.
- Shakl, oʻlcham.
Misollar
- Aytishlaricha, butun Yaponiyada bir necha million kimono boʻlsa ham, yo rangida, yoki gullarida, yoki bichimida albatta tafovut boʻladi. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda.
- Qizlar bu kiyimning materialini, bichimini zoʻr ishtiyoq bilan maqtab ketishdi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
- Bichimi kelishgan yigit. yat
- Saidgʻozi ularning [Poʻlat va Shermatning] bichimiga qarab, darrov tanidi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Bu yerdagi otlar turli tusda va turli bichimda boʻlib, zotli, nodir otlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qiz hali yosh boʻlsa-da, boʻychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasiday adil edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Kitob bichimi 84x108 boʻlgan qogʻozga bosilgan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0