Izohli lug‘at
bichmoq
бичмоқ
Ma’nolari
- Kiyim-kechak tikish uchun moʻljallangan materialni maʼlum andoza va oʻlchamlarda kesmoq.
- Belgilamoq, qoʻymoq, kesmoq (narx, ish haqi va shu kabilar haqida).
- Axta qilmoq.
- Birovga kafan bichmoq Birovga oʻlim tilamoq yoki oʻldirishga ahd qilmoq.
- Oʻtgan kunlar. Toʻn bichmoq Baho bermoq.
Misollar
- Boʻyiga qarab toʻn bich. Maqol.
- Otaning ochgan yoʻli bor, Onaning bichgan toʻni bor. Maqol.
- Tikkan chevar emas, bichgan chevar. Maqol. ■■
- Chol doʻkonxonada oʻtirib, ish bichib beradi, Unsin ichkari uyda tikadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Narx bichmoq. yat
- \Dallol:\ -Xayr boʻlmasa, men bichay.. shu bola yuz tillalik "mol" boʻlsa ham, karvonboshi bobom rozi boʻlsinlar, siz oltmish tilla bering, — dedi. S. Ayniy, Qullar.
- Oʻzimga oʻzim haq bichib olganim yoʻq-ku! Hammasi qonun-qoida bshshn boʻlgan. "Sharq yulduzi".
- Uloqni bichish uchun olib bordim.
- Dush-manlarga kafan bichgan Piyodalar — mardi maydonlar. H. Olimjon.
- Obbo, hali u yoqda buvim kafan bichib oʻtirgandirlar. E. Raimov, Ajab qishloq. Ajal (kafan) toʻnin bichmoq folk. Oʻldirmoq, qirmoq.
- Ajal toʻnin bichaylik, Dushman koʻkragidan san-chaylik. "Yusuf va Ahmad".
- Savash boʻlsa, shirin jondan kechadi, Dushmanlarga kafan toʻnin bichadi. "Murodxon". Gapga bichgan Gapga usta, soʻzamol, gapdon.
- -Hojimuqom-ning xotini. Juda ham -gapga bichgan-da. Qofiyali qilib gapiradi, — dedi Nuʼmonjon. S. Ahmad, Choʻl burguti.
- Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yerdan bichib olgan Past boʻyli, juda ham pakana.
- U yerdan bichib olgandek pak-pakana.. xotin edi. A. Qodiriy.
- Uning [Kumushning] toʻgʻri, mavzun qomatiga yerdan bichib olingan mudhish xotinning qoʻllari zoʻrgʻa yetdi-da, "esonmisiz, omon-misiz, poshsha qiz", deb soʻrashdi. A. Qodiriy,
- Soyaga qarab toʻn bichma. Maqol. n
- Kadr-larning savlatiga, soʻzamolligiga qarab emas, ularning ishiga, isteʼdodiga qarab toʻn bichinglar. "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0