Izohli lug‘at
bilak
билак
Ma’nolari
- Qoʻlning tirsakdan kaft boʻgʻi-migacha boʻlgan qismi.
- s.t. ayn. qoʻl 1.
- Bilak kuchi 1) qoʻl kuchi, jismoniy kuch.
Misollar
- Ota — bilak, Ona — yurak. Maqol. m
- Uning bilaklari oppoq, er kishining ishtahasini qoʻzgʻaydigan ajib edi. S. Ahmad, Ufq. Charos titrab entikar, ammo qarshshshk qilmas, ingichka qoʻllari Yodgorning bilagiga osilgancha, ojizgina silkinardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Gʻayratsiz bilak — oʻrinsiz tilak. Maqol. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni yiqar. Maqol. m Hozir yuragida oʻti, bilagida kuchi, qa!1bida vijdoni boʻlgan har bir kishining oʻrni paxtazordadir. Gazetadan.
- Gʻalla xalqimizning peshona teri, bilak kuchi bilan bunyodga kelganligi uchun ham aziz va muqaddasdir. Gazetadan; 2) mehnat va uning mahsuli.
- Xonlar, podshohlar xazinasidagi oltinlar manbai ham fuqaroning bilak kuchidir. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Bilagida kuchi bor Kuch-quvvati bor, mehnatga layoqatli, baquvvat. Menga bilagida kuchi bor er yigit kerak! S. Siyoyev, Yorugʻlik. Endi yana bir bilagida kuchi borga muhtoj ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi. Bilak shimarib ayn. yeng shimarib q. shimarmoq.
- -Boʻron toʻxtagach, undan ham yaxshiroq iiiayapmiz, — dedi Bekboʻta bilaklarini shimarib. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0