Izohli lug‘at
bilmoq
билмоқ
Ma’nolari
- Biror narsa, hodisa yoki fikrning mohiyatiga yetmoq, biror sohada maʼlumotga ega boʻlmoq.
- Biror soha yoki ishda maʼlum oʻquv yoki malakaga ega boʻlmoq.
- Turmush tajribasi tufayli xabardor, oshno, tanish boʻlmoq.
- Xabardor, voqif boʻlmoq.
- His etmoq, sezmoq; idrok etmoq, anglamoq, fahmlamoq, tushunib yetmoq, uqmoq, payqamoq.
- Tan olmoq, qadriga yetmoq, taqdirlamoq.
- Tanimoq, tanish boʻlmoq.
- ..deb hisoblamoq, ..deb sanamoq, ..deb bilmoq.
- Udsasidan chiqmoq, eplay olmoq.
- Ixtiyori, izmida boʻlmoq.
Misollar
- U biladigan odam. Siz matematikani bilasizmi?
- Koshki til bilsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! — Oybek — Tanlangan asarlar
- Tirik boʻlganda, oʻnta oʻgʻilning oʻrnini bosadigan qizi borligini bilardi. — Said Ahmad — Ufq
- Siz yaramasning qilib yurgan ishlaringizni bilaman. — Said Ahmad — UfqXat bilmoq - xat-savodli boʻlmoq.
- Usta Moʻmin, rahmatlik, xat bilar edi, kitob koʻrib, bolaning otini Yodgor qoʻydi. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Shaxmat oʻynashni bilasizmi?
- U doʻppi tikishni yaxshi biladi.
- Yangi ot, yangi faytun. Ha, qoʻshishni, haydashni bilasizmi? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Koʻp yashagan bilmas, koʻpni koʻrgan bilar. — Maqol
- Qari bilganni pari bilmas. — Maqol
- Aql yoshda emas, boshda degan odam, bilib aytgan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman.. esizgina. — Abdulla Qahhor — Adabiyot muallimi
- Koʻp gaplarni bilib qaytdi. — Said Ahmad — UfqBilaman, bilasan, bilasiz yoki bilasizki - taʼkid, tasdiqlash, uqtirish maʼnosini ifodalaydi.
- Bilamiz, Bobomurod polvon, sizning qoʻrangiz markazdan olisda. — Sunnatilla Anorboyev — Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari
- Bilaman, tillarning yomoni yoʻqdir, Har tilning oʻz koʻrki, ulugʻligi bor. — Shuhrat — Yoshligimning davomiBilasanmi, Bilasizmi - Xabaring(iz) bormi.
- -Bilasanmi, bu yerda faqat "95" damlaydi, - dedi u Murodga piyola tutib. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Bilasanmi, melisadan dadamning eshagini haydab ketayotganimni hamma koʻrdi. — Said Ahmad — Ufq
- Bilasizmi, Mansur aka, maktabni bitirib, institutga kirmoqchiman. — O'tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solBilmadim - 1) xabarim yoʻq.
- Bilmadim, bugun nima vaj qildi ekan. — Abdulla Qahhor — Asror bobo 2) ehtimol, balki.
- Bilmadim, qaysi bir ishimiz xudoga xush kelmagan ekan. — Komil Yashin — Hamza
- Bu dabdabayu bu hurmatu eʼzozni koʻrib, bilmadim, qay ahvolga tushar ekan. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Bilmadim, bu xayol chol boʻlib bukchayib qolganimda ham oʻzgarmasa kerak. — Sh.Xolmirzayev — Yoʻllar, yoʻldoshlarBilmay yoki bilmasdan - 1) xabari boʻlmagan holda, tushunmay-netmay.
- -Ehtimol, juda ham katta gunoh emasdir, chunki bilmasdan, tushunmasdan qilingan ish, - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 2) tasodifan, nogahon.
- Kechirasiz, bilmasdan kelibmanBilmasam - bilmadim.Bilsang, bilsangiz - Senga (sizga) maʼlumki.
- Imon, Avaz, bilsang, suvday gap. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikKim bilsin yoki kim biladi - Hech kimga maʼlum emas, hech kim ayta olmaydi.
- Hay, men nega uni bevaqt uygʻotyapman, kim bilsin, bu xil uyqu kenjamga yana qachon nasib qiladi, bir oz orom olsin. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbatKishi bilmas - kishi.Xudo bilsin (yoki biladi) - kim bilsin.
- Qorong'uda yaxshi ajrata olmadim, tusini gʻira-shira anovi qora Homidga oʻxshatdim. Tagʻin umi, boshqami, xudo bilsin. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOʻzing bilasan - Oʻzingga, senga maʼlumki.
- Oʻzing bilasan, Rabbim aka bitta chivin chaqsa, Afrikagacha borib tutib, ezgʻilamaguncha qoʻymaydi. — Said Ahmad — Ufq
- Har kim oʻz aybini bilmas. — Maqol
- Ahmoq horiganin bilmas. — Maqol
- Sen bilan boʻlsam, vaqt qanday oʻtganini bilmayman. — Oybek — Nur qidirib
- Gapni aylantirib oʻtirishdan foyda yoʻqligini bilib, koʻnglidagi bor gapni aytdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Biz endi oʻz haq-huquqimizni bilamiz. — Abdulla Qodiriy — Gʻirvonlik Mallavoy
- Men senga munosib emasligimni bugun bildim. — Said Ahmad — Ufq
- Er yigitning qadrini ogʻasi emas, el bilur. — Maqol
- Shoshmay tur, hali u izzatini bilmagan itvachchani tutib, adabini berdirmasam, Madumar otimni boshqa qoʻyib yuboraman. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bu yerda meni hech kim bilmaydi.
- Normatovni sizlar qancha bilsalaring, men ham shuncha bilaman-da. — Abdulla Qahhor — Munofiq
- Men siz bilgan Shokirbek emas, toshkentlik Yusufbek hojining oʻgʻli va margʻilonlik Mirzakarim akaning kuyovi - Otabek. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Oʻzingni er bilsang, oʻzgani sher bil. — Maqol
- Haligi gapimni sir deb bil. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bola oʻz qaygʻusini butun bir dunyoning qaygʻusidek bilar edi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Chunki u "oddiy haqiqat bir ming boʻyoqdan soz", deb bilardi. — Saida Zunnunova — Olov
- Hali siz yolgʻon gapirishni ham bilasizmi? — Abdulla Qahhor — Ayb kimda?
- Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabga jabr qilgan koʻrinasiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Siz tushunmayapsiz, oyi.. hali tagʻin dadasi biladilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOʻzingiz bilasiz - 1) Oʻzingiz xabardorsiz, oʻzingizga maʼlum.
- Oʻzingiz bilasiz, men gapirmasdan turolmayman. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol 2) Ixtiyor oʻzingizda.
- Oftob oyim.. tilar-tilamas "oʻzingiz bilasiz" javobini berdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- ..bir korhol boʻlmasin deyman. Tagʻin oʻzingiz bilasiz. — Komil Yashin — HamzaBilganing bilgan - Hammasidan oʻz aqlingga kelgani, oʻz biliging bilan qilganing durust.
- Koʻpchilik bir nafas jim oʻtirishdi. Soʻngra ora-oradan: -Sizning bilganingiz bilgan, mulla, - degan maʼqullovchi tovushlar eshitildi. — Parda Tursun — OʻqituvchiBilganingdan qolma - Oʻz aqlingga tayanib ish tut, oʻz aqlingga kelganini qilaver.Bilganini qilsin - Xohlaganini, koʻngliga kelganini qilsin; ixtiyor oʻzida.
- - Shunchaligi ham bor, - dedi Zokir ota ketgani qoʻzgʻalib, - mayli, bilganini qilsin. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariTilini bilmoq - biror narsaning sirini, undan foydalanish yoʻlini bilmoq.
- U paxta terish mashinasining tilini yaxshi biladi.Qush tilini qush biladi - har toifa kishilar bilan muomala qilishni, soʻzlashishni shu toifa kishilarining oʻzi yaxshi biladi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0