Izohli lug‘at
biqqi
биққи
Ma’nolari
- Juda ham semiz, yogʻ bitib semirgan.
Misollar
- Bir mahal Toʻxta ona harsillab kirib keldi. Undan qovurdoq hidi kelar, biqqi barmoqlari moy edi. Sh. Xolmirzayev, Oq otli.
- Laʼlixon oʻtirgan joyida biqqi bilaklarini yelkasigacha ochib, esnoq aralash kerishdi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Biqqi semiz saman ot., bir-bir bosib kelar edi. S. Anorboyev, Goʻzallik izlab.
- ..sovliq, kichik boʻlishiga qaramay, taxtakachdek, bozorda munchalik biqqi qoʻy yoʻq, desa boʻladi. S. Abdulla, Soyalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0