Izohli lug‘at
birga
бирга
Ma’nolari
- Bir boʻlib, qoʻshilib, bir-galikda, hamkorlikda.
- Bir vaqtda, baravar.
- Bilan koʻmakchisidan keyin kelib, „qatorida, bir qatorda; shuningdek“ maʼnolarini anglatadi.
- Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bagʻrida.
- Toʻyda birga boʻling Toʻyga taklif etish shakli.
Misollar
- Birga ishlamoq. Birga oʻqimoq. Birga oʻsgan oʻrtoqlar. m Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada oʻtirardi. T. Ashurov, Oq ot.
- U bilan birga kechgan shirin damlarni, dsh1rabo suhbapʼshrni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.
- Qani, oʻzinglar ham oʻtiringlar, birga ichamiz. S. Zunnunova, Olov.
- Kelajak baxt yoʻlimni siz bilan birga bosmoqni orzu qilaman. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Oʻgʻlim ertalab men bilan birga turadi. ish
- Sodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga oʻsgan, bir maktabda oʻqigan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Bizning vazifamiz shshni XSH1Q tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yangi maktablar ochib.. diniy darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Menda bir taklif bor: bugun Kanizakni yangi uy bilan birga yangi nom bilan ham mukofopiasak — otini Hanifa qoʻysak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Masa,yularni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovgʻani birga yubormoq. m Dolia.. bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Eri, baxti, husni, shoʻxligi yana u bilan birga. S. Ahmad, Ufq.
- Eri bormi? — Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga! A. Qahhor, Asarlar.
- [Yormat] Baʼzi bir “taʼbi tortgan” oda.sharga „toʻyda birga boʻling“ deb qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0