Izohli lug‘at
biriktirmoq
бириктирмоқ
Ma’nolari
- . Birikmoq
- . Ixtiyoriga berib qoʻymoq, topshirmoq.
- Yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, yordam berish yoki qarab turish uchun bogʻlab, qoʻshib qoʻymoq.
- Boshini biriktirmoq bosh.
- Til biriktirmoq til.
Misollar
- Detallarni biriktirmoq. Moddalarni biriktirmoq.
- Biz nutqimizda ayrim soʻzlarni oʻzaro biriktirib, gap tuzamiz va fikrimizni bayon qshshmiz. — "Oʻzbek tili dareligi". —
- Tirik qolgan jangchilarni darhol har ikkala toʻp raschyotiga biriktirib, toʻplarni jangovar holatga keltirdi. — Gazetadan. —
- Dehqon-fermerlar foydalanib turgan yerlar ularga doimiy biriktirib qoʻyiladi.
- Yangidan tashkil qilingan bogʻlar tajribali bogʻbonlarga biriktirib qoʻyilmoqda. — Gazetadan. —
- Birmuncha tajribali yozuvchilar konsultatsiya ishiga biriktirib qoʻyildi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Har bir oʻquv kabineti va ustaxonaga kombinat boʻlimlarining rahbarlari biriktirib qoʻyilgan. — Gazetadan. —
- Barno bilan til biriktirib qoʻyganiga qaramay, sovchilar qaytguncha, oyogʻi kuygan tovuqday pitirlab qoldi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushea.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0