ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

birinchi

биринчи

Ma’nolari

  1. trtb. son Tartib oʻrni 1 raqami bilan belgilangan, 1 nomerli.
  2. Qatorda eng oldingi oʻrinda turgan, eng oddingisi, eng avvalgisi.
  3. Boshqalariga nisbatan eng oldingi, bosh; toʻngʻich.
  4. Birinchi xotin 1) eng oldinda (turgan, oʻtirgan) xotin; 2) etn. esk. Koʻp xotinli kishining eng katta xotini, bosh xotin.
  5. Sanab oʻtilgan, zikr qilingan yoki koʻzda tutilgan narsalarning oldingisi, avvalgisi.
  6. Ish-harakatda hammadan oldin qat-nashgan yoki qatnashadigan, eng avvalgi, ilk.
  7. Birinchi boʻlib Eng avval, hammadan oldin.
  8. Eng avval, ilk bor paydo boʻlgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir boʻlgan, yuz bergan; dastlabki.
  9. Oldin koʻrilmagan, endi ilk bor yuz bergan.
  10. (-lir qoʻshimchasi bilan) Oldingi oʻrin-ni olgan, oldinda boruvchi; peshqadam, ilgʻor.
  11. Malakasi, mahorati jihatdan eng yuqori, ustun; eng mohir.
  12. Hammasidan zarur, eng muhim, aso-siy, bosh.
  13. Birinchi darajali Eng oliy, eng yuqori; eng ahamiyatli maʼnolarini ifodalaydi.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish