Izohli lug‘at
birmuncha
бирмунча
Ma’nolari
- Bir qancha, anchagina.
- Bir qadar; maʼlum darajada.
Misollar
- Birmuncha vaqt. n Elmurod shu koʻyi yana birmuncha yurgach toʻxtadi-da, yoʻl chetidagi bir toshga oʻtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Abdujalil boy tegirmonga yana birmuncha vaqt aylanishadi.A. Qodiriy, Obid ketmon.
- Yoz oylari edi. Havo birmuncha salqin. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari.
- Bemorning ahvoli birmuncha yaxshilandi. "Sharq yulduzi".
- Elmurod qizga yaqinlashar.. va uning oldida birmuncha xijolat chekib, koʻpincha gap to-polmay, qizarar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Publitsistikada konflikt birmuncha oʻziga xos shaklda aks etadi. — Gazetadan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0