Izohli lug‘at
bitim
битим
Ma’nolari
- Oʻzaro kelishuv, toʻxtam, qaror.
- Taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuziluvchi, qabul qilinuvchi ahdnoma, shartnoma, kontrakt.
- Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakati.
Misollar
- Toʻy tantanasini kechqurun kuyovnikida oʻtkazishga bitim qilingan boʻlsada, qiznikida ham qarindosh-urugʻlar, qoʻni-qoʻshnilar limmo-lim edi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Mulla Muhsin oʻz maslakiga, yaʼni fatvosiga teskari boʻlgan bu bitimga qarshi churq etib ogʻiz ochmaydi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Bitim tuzmoq. Bitimga kelmoq.
- Junayd Xiva xoni bilan boʻlgan bitimdan keyin tinch qoʻymadi, ketimizdan odam yubordi, qoʻliga tushsak, oʻldirmoqchi boʻldi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Tuzilgan bitimga koʻra, Abdulatif Samarqandga yuborildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.,
- Mehnat bitimi. Bir taraflama bitim.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0