Izohli lug‘at
bitmoq
битмоқ
Ma’nolari
- III esk. 1 ayn. yozmoq. II.
- (j.k. bilan) Muyassar, ega boʻlmoq; paydo boʻlmoq.
- Aql bitmoq Aql kirmoq.
Misollar
- Yurtim, senga sheʼr bitdim bu kun, Qiyosingni top-madim aslo. A. Oripov, Yurtim shamoli.
- Xoʻja Abdulla Marvoriy.. xatni chiroyli bitardi. Oybek, Navoiy.
- Roʻyob Mamatova Mirzachoʻlni oʻzlashtirib, oʻz jasorati sol-nomasiga ilk satrlarini bitganda, yoshgina qizcha edi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Mana, xudo xohlasa, boshingga doʻppi, oyogʻingga etik, egningga chopon, koʻshak-ishton bitadi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Bu nimasi tagʻin.. senga sira aql bitmadi. Boʻyingni qara, menga yetay deb qoldi. Oydin, Oʻzi monand. Boshga bitgan balo Qutulish qiyin boʻlgan tashvish, quruq tashvishdan iborat.
- He, bu urush boshga bitgan balo boʻldi-da. German ham qursin.. oq poshsho ham qursin. Enasining mahrini talasharmikan! Oybek, Tanlangan asarlar. Muguz (yoki shox, qanot va sh.k.) bitdi Muguz (shox, qanot va sh.k.) paydo boʻldi.
- Eshakka muguz bitsa, jami jonivorlarni suzib oʻldirar ekan, mushukka qanot bitsa, hech bir parrandani qoʻymas ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Qay bolamaktab-da oʻqisa aʼlo, Ushanga hech tolmas zoʻr qanot bitar. Q. Muhammadiy.
- Hojar opaning gap ohangidan yon berganini sezib, Rasul akaga qanot bitdi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari". Peshonaga bitgan (yoki bitib qoʻyilgan) Taqdirda bor, taqdirda belgilab qoʻyilgan.
- \Yusuf:\ Mana, xotindan ham ayrildik! — [Mehri:] Nima qshyuy, bu ham boʻlsa, peshonaga bitgan bir koʻrgilik, bolam. O. Yoqubov, Aytsam tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
- Peshonaga bitgan yolgʻiz ot edi. Uni ham oʻrta-ga qoʻyaymi? P. Tursun, Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0