Izohli lug‘at
bitta-bitta
битта-битта
Ma’nolari
- Har biri(ni) alohida-alohida, yakka-yakka, birin-ketin, bittalab, birma-bir.
- Dona-dona qilib, salmoqlab.
Misollar
- Bitta-bitta tar-qalishmoq. Olmani bitta-bitta termoq. n U
- oppoq kaftini choʻzib, yigitlar bilan bitta-bitta xayrlashdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
- Boʻron oʻzini bu josharning egasiday tutib, bitta-bitta tushuntirdi. H. Nazir, Yonar daryo.
- Keyin semiz barmoq-larini bitta-bitta ogʻziga solib, soʻrib oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Mana buni qarang: qovurgʻasini bitta-bitta sanasa boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Eshonboyev, oʻziga ergashgan odamlarni bitta-bitta orqada qoldirib, dekanatga qarab borar edi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Bitta-bitta gapirmoq. Bitta-bitta oʻqimoq. m Qurbon ota ikki qoʻlini beliga qoʻyib, bitta-bitta qadam tashlab borar, uning koʻz oldidan yangi qishloq manzarasi ketmas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sho-shilmay bitta-bitta aytib berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0