Izohli lug‘at
bola
бола
Ma’nolari
- Yangi tugʻilgan, hali koʻkrakdan, ona bagʻridan ajratilmagan goʻdak; chaqaloq.
- Hali yosh, voyaga yetmagan odam.
- Askar bola Askarlikka yangi olingan yosh soldat.
- -Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- www.ziyouz.com kutubxonasi
- Farzand, oʻgʻil-qiz, zurriyot.
- Bola koʻrmoq Farzandli boʻlmoq.
- Yoshi ulugʻ, ammo goʻdaklarcha ish tutadigan, bolalarcha mulohaza yurgizadi-gan odam haqida.
- (koʻpincha 1-sh. egalik affiksi bilan) Yoshi kattalarning yoshlarga murojaat shakli.
- Yangi tugʻilgan, tuxumdan chiqqan, hali voyaga yetmagan yosh hayvon yoki parranda.
- Homila, qorindagi gumona.
Misollar
- Bola emizmoq. Bolani allalab uxlatmoq. Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi. Maqol. n
- Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynab-dan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib ke-lishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. Maqol.
- Yaxshi boladan — rahmat, Yomon boladan — laʼnat. Maqol.
- Men kuyaman bolamga, Bolam kuyar bolasiga. Maqol.
- Aldagani bola yaxshi. "Qanotli soʻzlar". n
- -Hali bola ekansiz, — dedi Kumush. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Anvar kelishgan, doʻndiq bola edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Ayol kishining fazilati bola bilan boʻlgan munosabatida ochiladi. F. Musajonov, Himmat.
- Urush yillari askar bolalarni yoʻqlab turdik. A. Qahhor, Asarlar. Boʻz bola Hali turmushning achchiq-chuchugini tot-magan, turmush tajribasi yoʻq yigit.
- Yoʻlchi qachon kelar ekan, kelganda ham nima qi-lardi, boʻz bola, kambagʻal. Oybek, Tanlangan asarlar. Dala (yoki sahro) bolasi Dalada, sahroda oʻsgan odam.
- Qashqarning qizi, juvoni olmaday boʻladi. Sen sahro bolasiga soʻzni uqtirish ham qiyin. Oybek, Tanlangan asarlar. Kelin bola Yosh kelin, endigina tushgan kelin, kelinchak.
- Hojining "Endi kelin bolani yubormaymiz-da", deb k^lishiga: "Mening bolam emas, sizniki, u yer ham, bu yer ham oʻzining uyi", — dedi [qutidor]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- ..kelin bolani Toshkentga olib kelishlarini soʻragan edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Kuyov bola Yosh kuyov, yangi kuyov.
- Sovchilar quda boʻlmishlariga kuyov bolani rosa maqtashibdi. "Mushtum".
- -Kuyov bola yolgʻiz qolar ekanlar-da? — qizning harakatlari negadir shofyorga yoqmadi. U. Umarbekov, Yoz yomgʻiri. Kucha bola(si) Koʻcha-koʻyda sanqib yuradigan, tarbiyasiz bola.
- Narigi uydan uvadasi chiqib ketgan yostiqni koʻtarib Ham-dam chiqdi: -Oʻtir bu yoqqa.'Xoʻsh, sen nima uchun kucha bolalariga uxshab ax/yuqsizlik qilasan ? A. Qahhor, Ayb kimda? Ota(si)ning bolasi Oʻz otasiga oʻxshagan; oʻz otasining ishini tuta bilgan farzand haqida.
- Otabek xufton namozi uchun tahorat olishga mehmonxonadan chiqqan edi, uning keticha: -Otaning bolasi-da, — deb Ziyo shohichi mehmonlarga qarab qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Oʻgʻil bola 1) erkak jinsidagi bola.
- Oʻgʻil bolani urish gunoh deb biladigan Ummatali bu gal oʻzini tutolmadi. S. Ahmad, Ufq; 2) erkaklarga xos xususiyatli shaxe; mard odam.
- - Men kishining xizmatini unutadigan yigit emasman, — dedi Houid va davom qildi, — oʻgʻil bola uchun — oʻgʻil bolaligim, yomon uchun yomoshshgim bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar; 3) toʻgʻrisi, boʻladigani.
- Gapning oʻgʻsh bolasini aytsam, biz tarafda bemorlarga naridan-beri qarashadi. "Mushtum". Qiz bola 1) ayol jinsidagi bola.
- Shu yoshga kirib qiz bola bi.shn birinchi marta kinoga tushishi edi. X. Toʻxtaboyev, Sariqdevni minib.
- ..qiz bolaning bunchalik shoʻx boʻlishini birinchi koʻrishim. Mirmuhsin, Meʼmor; 2) boʻsh, zaif yoki qizlarga xos qil i qdar qiladigan oʻgʻil bolalarni masxaralab aytiladigan ibora.
- Odamning mevasi — bola. Maqol.
- Bol shirin, boldan bola shirin. Maqol.
- Bola aziz, odobi undan aziz. Maqol. yat
- Bir onadan alvon xil bola tugʻi-ladi, deganlaridek, Anvarning yaratilishi ogʻalariga nisbatan boshqacha edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Orada toʻqqiz yil oʻtdi. Bular toʻrt bola koʻrishdi.. A. Qahhor, Boshsiz odam.
- -Nega koʻnglimga olmay, men yosh bolamanmi! — dedi [Kumush]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Ey xotin, bola boʻlib qolgan-san desam, achchigʻing keladi. Axir gapning oxiriga qadar tinglab turmaysanmi. Oydin, Shirin keldi.
- -Uzr ayt, bolam. Zolim bilan tenglashma! — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Meniki bedavo dard. Uh! — yengil xoʻrsindi Tohirjon. -Unday dema, bolam. Noumid shayton. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qoʻn-gʻiz bolasini oppogʻim der, kirpi bolasini yumshogʻim der. Maqol.
- Ilonning bolasi -ilon, Chayonning bolasi — chayon. Maqol.
- -Bolangnecha owiuk boʻldi, yer yutkur? — boʻgʻilib soʻradi va qizni bir tepdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Mehri ikkiqat. Bola ikki oylik, uch oylik.. besh oylik.. Qanday qilib boʻlsa ham, bolani tushirish kerak. A. Qahhor, Boshsiz odam.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0