Izohli lug‘at
boloxonador
болохонадор
Ma’nolari
- ayn. boloxonali.
- koʻchma salb. Dabdabali, tamtaroqdi.
- Boloxonador (qilib) soʻkish Odob doi-rasidan juda ham chetga chiqib, oʻtaketgan beadab, choʻziq iboralar, soʻzlar bilan soʻkish.
Misollar
- Shu on mingboshi choʻrt burildi-da, samovar ay-vonidan oʻtib, uzoqda koʻringan boloxonador baland, bahaybat darvoza tomonga yugurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Mansur bola-likdan qadrdon boʻlib qolgan uyning boloxonador tomini koʻzlari bilan izlab topdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Boloxonador gaplar. m "Hosilni nobud qil-may yigʻib-terib olamiz" degan boloxonador vaʼdalar qani? Gazetadan.
- Rahim Salimovich xushxabarni juda boloxonador tashakkurlar bilan kutib oldi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Shundayam ponsad toʻngʻizdek olishar, yi-gitlarni boloxonador qilib soʻkardi. "Yoshlik".
- Odil lovullab yonayotgan qulogʻini tez-tez silar ekan, boloxonador qilib soʻkindi. "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0