Izohli lug‘at
bong
бонг
Ma’nolari
- Baland ovoz, qattiq tovush, hayqiriq.
- Bong urmoq Baland ovoz bilan daʼvat qilmoq, hayqirmoq.
- Qoʻngʻiroq, zang; chaqiriq.
Misollar
- ..zamondan, haqsizlikdan, zulmdan norozilik bongi tobora jaranglay berdi. A. Muhiddin, Hadya.
- Yigitlardan biri.. yoʻgʻon tovush bilan atrofga bongurdi: -Yura-ver! Maydonga chiqib, roʻyirost chiqib, haqi-mizni dov qilamiz! Oybek, Tanlangan asarlar.
- Narzi Rajabov siymosi koʻz oʻngimda qad koʻtardi, nazarimda goʻyo u qurultoy minbariga chiqib bong urardi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Suyunchini ber, hammamiz orziqib kutgan gʻalaba bongi cha-linyapti.'S. Karomatov, Oltin qum.
- Shu payt brigada shiyponidan terimchilarni tush-likka chorlovchi bong eshitildi. M. Xayrul-layev, Koʻngil.
Kelib chiqishi
\f. ^L. — qattiq qichqiriq, far-yod; shovqin
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0