Izohli lug‘at
boqiy
боқий
Ma’nolari
- [a. — davomli, abadiy) 1 Doimiy, abadiy, mangu, oʻlmas.
- ayn. bok. Yaxshiboyev jilmaydi, hech bo-qisi yoʻq, demoqchi boʻldi. M.M.Doʻst, Lolazor. Hech boqisi yoʻq, bemalol, bu kishi oʻzimizni-ki. A. Hakimov, Ilon izidan.
- Boqi (erkaklar ismi).
- Boqi(y) soʻzim tamom Shu bilan soʻzim tamom (maktub oxirida ishlatiladigan ibora). Boqi(y) oʻn besh soʻm Qoldiq oʻn besh soʻm; qolgan pul oʻn besh soʻm. Boqi(y) qarz Qolgan qarz. Xizmati boqi Xizmati uchun tegadigan haq. [Qozi Maysaraga:] Mana, opa, buni oling.. Xizmati boqi. Hamza, May-saraning ishi. Boqiy dunyo U dunyo, narigi dunyo.
Misollar
- Ildizi mustahkam daraxtning umri boqiy boʻladi. "Sharq yulduzi".
- Ey yasha, porloq kun, baxpii kelajak, Omon boʻl, Vatanim, ming yillar boqiy. Gʻ. Gʻulom.
- Hayot talvasasi tinmagay, ammo Mangu boqiy qolur Inson va Xayol. A. Oripov, Yillar armoni.
- Vo ajabo, onamni ham xuddi shu taxlit Soʻ'zlar bilan kuzatgandim boqiy dunyoga. A. Oripov, Yillar armoni.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0