Izohli lug‘at
borona
борона
Ma’nolari
- Haydalgan yerning yuza qismini tekislash, kesaklarni maydalab, qatqaloqni yumshatish va begona oʻtlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan qishloq xoʻjalik quroli; sixmola.
Misollar
- Diskli borona. Tirkama borona. Borona qilmoq.
- Pluglar orqasiga tirkalgan boronalar... xanjar tishlari bilan kesaklarni chaynab... borardi. — Sh. Rashidov Boʻrondan kuchli.
- Avvalgi yillar Kenjaboy aka boronani serunum va sifatli qiladigan mola oʻylab chiqargan. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
Kelib chiqishi
umumslavyancha: bor — kesish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0