Izohli lug‘at
bosiriq
босириқ
Ma’nolari
- Yomon tush, dahshatli tush.
- Dahshat, xavf, qoʻrqinch.
- Yopiq, ot yopigʻi.
Misollar
- Urushda kechirganlari qora bosiriqday, baʼzan xotiradan oʻtajak. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- ..birdan parishon xayollar quyunidan, ogʻir bosiriqdan qutulganday qichqirdi Ahmad Husayn. — Oybek — Nur qidirib
- ..qayoqqa koʻz yuritsang, uchchiga chiqqan qashshoqlikning, zabunlikning bosirigʻi xuddi chuqur oʻpqonday yutaman deb turibdi. — "Sharq yulduzi"
- Miroxoʻr yuganlab Gʻirotni, bosiriq julini shipirib tortdi. — "Nigor va Zamon"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0