Izohli lug‘at
bostirmoq
бостирмоқ
Ma’nolari
- Bosmoq 1-5, 7, 9-12, 16-17, 23-25 fl. ort. n.
- Zoʻrlik bilan boʻysundirmoq, tor-mor qilmoq; tinchlik oʻrnatmoq.
- Ustidan ogʻir narsa bilan bosib koʻymoq.
- Qayirib tikmoq.
Misollar
- Hujjatga muhr bostirmoq. Qoʻlyozmani mashinkada bostirmoq. Ariqlarning chetiga chim bostirmoq. m Koʻklam kelib, Oltinoy yerni bir oz yumshatib, pol oldiribdi, donni sepib, suv bostiribdi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Oshning sabzi-piyo-zini bostirib qoʻydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar.
- Maxsumov qoʻy soʻyib, goʻshtini tovoq-larga bostirib, shoʻrvasini kattakon ter-mosga solib keldi. M.M.Doʻst, Lolazor.
- Chopo-nimga oʻranib, qalpogʻimni bostirib oldim. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar. Bostirib kelmoq 1) kuch, zoʻrlik bilan bosib kelmoq.
- Zarifboy otini niqtab, Avazning ustiga bostirib keldi. S. Siyoyev, Avaz.
- Uboyvachchaningustiga bostirib keldi-da, boltani koʻtardi. K. Yashin, Hamza; 2) bexosdan kelib qolmoq.
- Ey, qan-daqa xotin bu, birovning uyiga bostirib kiradi? A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin.
- Olomon yoniga qipchoq sipohilari kelib qoʻ-shilgandan keyin, Oʻrdaga bostirib kirdilar-da, Azizbekni ushlab ham oldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- ..ichkariga moʻr-malaxdek bir necha s apash yigit bostirib kirdi. "Yoshlik". 2) chulgʻamoq, egallamoq.
- Ayqash-uyqash qoʻrqinchli oʻylar miyasiga bostirib kiraverdi. A. Koʻchimov, Halqa. Bostirib bormoq Zoʻrlik bilan, ruxsatsiz kirib bormoq.
- Biz hech kim-ningeriga bostiribbormadik. "Yoshlik".
- - Men hali gʻalaba qozonib, dushman ustiga bostirib borishni istayman, — dedi Nizomiddin. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Xon qurolsiz xalqning qonini toʻkib, zoʻrlik bshshn isyonni bostirdi. J. Sharipov, Xorazm.
- Doʻppi yelimlangandan keyin, taxti yaxshi chiqsin deb, uni taxtakachga bostirib qoʻyadi, toʻgʻrimi? Shukrullo, Saylanma.
- Sochlarini naridan-beri oʻrab, qalpoq bilan bostirdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Dasturxonning cheti-ni bostirmoq.
- Nega uyga bostirib kelasiz?! Keting.. "Yoshlik"; Bostirib kirmoq 1) kuch, zoʻrlik bilan bosib kirmoq, kirib kelmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0