Izohli lug‘at
botinan
ботинан
Ma’nolari
- Ich-ichidan, qalban.
Misollar
- Bonuning boyagina aytgan soʻzlariga zohiran eʼtibor bermagan boʻlsa-da, botinan qalbini tirnagan edi. S. Karomatov, Hijron.
- Elchiyev javob bermadi, botinan xoʻrsindi. E. Aʼzamov, Javob.
- Sodiqjon boyvachcha Shavkat afandining gapidan botinan gʻijinsa ham, buni sirtiga chiqarmadi. K. Yashin, Hamza.
- Farhod turar: rangida rang yoʻq, Botinan bir iztirob ichra. M. Ali, Boqiy dunyo.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0