Izohli lug‘at
botinmoq
ботинмоқ
Ma’nolari
- Biror ishga yurak yutib kirishmoq, jurʼat qilmoq, yuragi dov bermoq.
Misollar
- Oʻktam toʻy-hasham toʻgʻrisida soʻz ochib, qizning koʻngliga qoʻl solmoqchi boʻldi-yu, yana botinmadi. Oybek, O. v. shabadalar.
- Deraza tagida odamlar toʻplangan, ular moʻralashar, lekin ichkariga kirishga hech kim botinmasdi. S. Zunnunova, Olov.
- Podshoning askarlari botinib kelmas, Tirik qolamiz, deb koʻngliga olmas. "Malikai ayyor".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0