Izohli lug‘at
boy
бой
Ma’nolari
- Mol-dunyosi, davlati, boyligi koʻp; badavlat, davlatmand.
- Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yoʻq; toʻkis, badavlat.
- (koʻpincha j.k.dagi soʻz bilan). Tar-kibida, bagʻrida kerakli va foydali nar-salar koʻp, moʻl.
- Biror narsasi, jihati, xususiyati yetarli darajada, toʻla-toʻkis, bekamu koʻst.
- (odatda egalik qoʻshimchalari bilan) s.t. shv. Er; turmush oʻrtogʻi.
- Boylarga murojaatda yoki ular haqida soʻz borganda, ularning nomi oʻrnida yoki nomiga qoʻshib ishlatiladi.
- Kishi ismining tarkibiy qismi boʻlib keladi:
- Boy kasal Oʻzi ogʻir boʻlmasa-da, par-varish talab qiladigan yoki shunday par-varish uchun bahona boʻlgan kasallik; shunday kasallikka uchragan odam.
Misollar
- Boy odam. Faqir piyoda yurar. Boy — tuyada. Maqol.
- Chorakor choraklab olar, boy akam — botmonlab. Maqol.
- n Xoʻjayinning dadasi katta boy edi, mol-mulkni behad yiqqan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yoshligimda boylar eshigida qarol-lik qilganman. — Gazetadan
- Yurt boy boʻlsa, uning bozori ham toʻkin boʻladi. U. Normatov, Talant tar-biyasi.
- Biz boy ekanmiz, deb qazilmalarning kulini koʻkka sovurdik. "Fan va turmush".
- Temirga boy ruda. Yeri boyning eli boy. Maqol. n
- Oʻzbekiston zamini ham maʼdamarga boy. "Fan va turmush".
- Bularham dorivor moddalarga boy, ham ozuqabop oʻsim-liklardir. "Fan va turmush".
- Jiyda gulining atirga boy hidi ufurib turibdi. X. Tuxta-boyev, Shirin qovunlar mamlakati.
- Boy til. Boy tajriba. Boy kutubxona. v Otasi oʻzining boy kutubxonasi bilan bejiz faxrlanmasdi. K. Yashin, Hamza.
- Is-kandaro havas va taajjub bshshn binolar-ga, boy jihozlarga, ayniqsa nozik sanʼat buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qoʻvrdi. Oybek, Nur qidirib.
- Oʻtgan har bir kun serzavq, sermazmun, turli voqealarga boy boʻldi. — Gazetadan
- Uning xotirasi hayratda qolarli darajada boy va tiniq edi. — Gazetadan
- Boyimuyda yoʻq edilar. Och kishi moy tanlamas, qari qiz boy maHjiaMac. Maqol. m
- Aylanayin boyimdan, Kishnoqi shu toyimdan. "Boychechak".
- Man bildim: ammamning boyi oʻlibdi, Bilsang, ammam yesir boʻlib qolibdi. "Intizor".
- Boy ota! Bu gap-ni bir aytdingiz, yana qaytib gapirmang! Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Xushxabarlar mana endi janobingizdan boʻladi-da, boy pochcha. Hamza, Paranji sirlari.
- Nihoyat, ichkari hovli eshigi taraq etib ochilib, Mirodilboy koʻrindi. U. Ismoilov, Saylanma.
- Boltaboy, Teshaboy, Joʻraboy.
- Dard degan narsa anoyi bemorni topsa, tanasidan chiqmay oʻtirib oladi. Shuning uchun ham ogʻrigʻining tayini yoʻq bemorlarni "boy kasal" deyishadi. "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0