Izohli lug‘at
boychechak
бойчечак
Ma’nolari
- Piyozguldoshlar (piyozgul-lilar oilasi)ga mansub, ilk bahorda ochi-ladigan koʻp yillik oʻsimlik.
- etn. Erta kuklam, boychechak chiqqan paytda, eshikma-eshik yurib aytiladigan maxsus xalqona qoʻshiq.
Misollar
- Bahor kelgach, har yili dalalarga chiqardik. Etak-etak chuchmoma, boychechaklar yigʻardik. H. Saloh.
- Boychechak — bahorning birinchi elchisi. Gazetadan.
- Qattiq yerdan tatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. "Qoʻshiqlar".
- Boychechak aytmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0