ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

boylik

бойлик

Ma’nolari

  1. Boy boʻlishlik, boy mavqei; mol-mulkning yigʻindisi, majmui; moʻllik. Ota boyligi yerga singar, Mehnat boyligi — elga. Maqol. n Bu yigit yaxshigina davlatmand boʻlsa ham.. nima uchundir, boyligi bilan boʻlmay, „Homid xotinboz“ deb shuhratlangan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Hovli sahniga, ayvonlarga „sep“ yoʻyildi. Sepning boyligi, turi, rang-barangligi hammani hang-mang etdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
  2. Dunyo, davlat, mol-mulk.
  3. Tabiiy, moddiy resurslar majmui.
  4. Aqliy, ruhiy, maʼnaviy faoliyat hosilasi, majmui.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish