Izohli lug‘at
brezent
брезент
Ma’nolari
- ot. Zigʻir tolasidan yoki zigir tolasi bilan paxta ipidan toʻqiladi-gan, suv oʻtkazmaydigan qalin, qoʻpol mato.
- sft. Brezentdan tayyorlangan.
Misollar
- Oʻrmon chetiga brezentdan chodir-palatkalar tiklandi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Brezent etik. Brezent tufli. Brezent nosilka. n Qutbiddin brezent etigini tapillatib yerga urib, changini tushirdi. S. Karomatov, Oltin qum.
- ..boshiga eski quloqchin, egniga brezent yomgʻirpoʻsh kiygan jikkakkina chol yugurib chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
Kelib chiqishi
\goll. presenning <lot. praecin-gere — oʻramoq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0