Izohli lug‘at
bulamoq
буламоқ
Ma’nolari
- Yuqadigan narsaga botirib yoki belab, hamma yogʻini qoplamoq, aylan-tirib botirmoq.
- Boʻlar-boʻlmas ayblar bilan qo-ralamoq, asossiz ayblamoq; fosh qilmoq.
Misollar
- Unga bulamoq. Qaymoqqa bulamoq. yat
- Qani, nonni sindirib, qaymoqqa bulab-bulab urib olinglar-chi. E. Raimov, Ajab qishloq.
- Halim eshon yumshoq nonni olcha qiyomiga bulab yerkan.. I. Rahim, Taqdir.
- Sochimdan tortib, tuproqqa bulamoqchi meni u xotin. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Salima yigʻilishda Qodirni rosa buladi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0