Izohli lug‘at
bulduruq
булдуруқ
Ma’nolari
- Ayozli, sovuq kunlari yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.
- Sochning oqi; oqargan soch.
Misollar
- Tushdan keyin osmon yuzini sargʻish tuman qoplab, mayda bulduruq yogʻa boshladi. — Mirmuhsin — Chiniqish
- Koʻprik ustidagi qayragʻoch novdalarini bulduruq oʻrab, tanasigacha oppoq qilib qoʻygan. — Said Ahmad — Ufq
- Ertalabki tuman tarqalib, daraxt shoxlariga yopishgan bulduruq zarralari gavharday yaltiray boshladi. — Asqad Muxtor — Chinor Bulduruq bogʻlamoq - bulduruq zarralari bilan qoplanmoq.
- Yoʻlakda bulduruq bogʻlagan oppoq akatsiya tagida kelishgangina bir qiz bilan Akbarali turardi. — Asqad Muctor — Chinor
- ..qamishlar bulduruq bogʻlab, oppoq boʻlib qolgan ekan. — Shukur Xolmirzayev — Soʻnmas oʻt
- Bir vaqt yuragimni sevgiga maskan etgan qora sochga qoʻnmish bulduruq. — Saida Zunnunova —
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0