Izohli lug‘at
burama
бурама
Ma’nolari
- Spiral shaklda buralgan, oʻralgan; buralma.
- Burab ochilib-yopiladigan; vintsimon; vintli.
- Burama mix Vint, shurup.
- Girdob, uyurma.
- ayn. burma 1, 2.
- Teskari maʼnoli, kinoyali; achchiq.
Misollar
- ..kichkina burama moʻylovli yigit hech qayerda koʻrinmasdi. S. Siyoyev, Avaz.
- Ayniqsa kattakon burama karnay ovozi ajralib turardi. H. Nazir, Koʻkterak sha-badasi.
- Ular burama soʻqmoqdan zanjirdek oldinma-ketin borishar(di).. S. Karomatov, Oltin qum.
- Shahzoda Moʻmin qapixonaga olib chiqadigan burama zinapoyadan devorni ikki qoʻli bilan siypab, sekin orqaga tislan-moqda. F. Joʻrayev, Obid Jalilov.
- Darvozabon otning kallasidek ke-ladigan burama qulfga uzun kshshtni solib, anchagacha buradi-da, darvozani ochdi. M. Osim, Oʻtror.
- Hasanali hujraning uzun burama qul-fini ochib, ichkariga sham yoqdi va bekning toʻshagini yozib, uning kirib yotishini kutib turdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Sherbek ichkariga sirgʻanib tushdi-da, devor tagiga bekina qoldi. Endi sharmanda boʻldim, degan fikr mahkam yopishib, miyasini burama mix-day parmalay boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Etakda Sir toʻlib, oʻqtin-oʻqtin buramalar hossh! qilib, toʻlgʻanib oqmoqda. Y. Shamshirov, Yengish.
- Burama koʻylak kiyibsiz, Sevikli ukam, yor-yor. "Qoʻshiqlar".
- Burama gap qilmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0