Izohli lug‘at
burchak
бурчак
Ma’nolari
- mat. Bir nuqtada kesishgan ikki chiziq (yoki nur) hosil qiladigan ora-liq, tekislik; shunday tekislik turli hodisalar oʻlchovi sifatida.
- Narsalarning tomonlari, qirralari kesishgan joy; burch. Daftarning burchagi. Stolning burchagi. tsh Toʻrt burchagiga koʻk, binafsha, shaftolirang ipaklar bilan gullar tikilgan. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Xona, bino, hovli va shu kabilarning ichki devorlari tutashgan joyi va uning atrofi.
- Koʻchalar, yoʻllarning kesishgan joyi; muyulish, muyush.
- Chekka, chekka yer, taraf, tomon; ovloq, panajoy. Dunyoning u burchagiga borishga roziman. S. Ahmad, Ufq. Togʻning har burchagi va yonbagʻridan aks sado kelib, darani larza-ga keltirdi. S. Ayniy, Doxunda.
- Sanoq sonlarga qoʻshilib, qoʻshma soʻzlar yasaydi, maye.,
Misollar
- Burchak daraja-lar bilan oʻlchanadi. Toʻgʻri burchak. Oʻtmas burchak. Oʻtkir burchak. Burchak boshi. Moʻljal-ga olish burchagi. Kemaning kursdan ogʻish burchagi. Nurning tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
- Hovlining burchagi. Ayvonning burchagi. Qoʻrgʻonning burchagi. m U koʻzlarini burchakka tiqkanicha, qimirlamay oʻtirardi. S. Zunnunova, Olov. Men hujraning burchagida turgan qanordagi somon ustiga chiqib, dong qotibuxlab qolibman. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar. Kampirning amru farmoni bilan uyning yetti burchagiga yetti sham yoqildi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.
- Bizniki mana shu burchak-dagi eshik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Har zumda dunyoning burchaklariga Xabarlar joʻnaydi qator va qator. A. Oripov, Yillar armoni.
- Hasanni Safarqul bir burchakka olib borib, nima xususidadir u bilan gaplasha boshla-ganida, Qutbiya uchun tinch nafas olishga, ozod gapirishga fursat topildi. S. Ayniy, Qullar.
- Shu choqqacha qaysi burchakda mogʻor bosib yotgan edingiz? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- uchburchak, toʻrtburchak, besh-burchak.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0