Izohli lug‘at
burgan
бурган
Ma’nolari
- Murakkabgullilarga mansub bir yillik begona oʻt.
Misollar
- Burgan bosgan yer. Burgan supurgi.
- Oshqovoq palaklari chirmashgan qopqa ortida.. burgan gʻovlab yotibdi. — A. Muxtor — Davr mening taqdirimda.
- Gʻayrat paxta aralash gʻoʻzaning hidini tuydi. Unga uvatlardagi yovshan, burgan isi qoʻshilib ketdi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0