Izohli lug‘at
burov
буров
Ma’nolari
- Burash, aylantirish.
- Burovi kam Yetarlicha buralmagan (soat, patefon singari prujinali narsalar haqida).
- Uy hayvonlarining tumshugʻiga solina-digan sirtmoq. U
- Avj, siquv.
- Quchoq, qurshov.
- Ogʻziga (yoki tiliga) burov solmoq Ga-
- pirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qoʻymoq.
Misollar
- har ingraganda, Sotiboldi, chakkasiga burov solingan kishiday, tsivasaga tushar edi. A. Qahhor, Bemor.
- Islomboy joni jahoni oʻrtab borarkan, ikki chakkasiga burov solingandek, boshida ogʻriq qoʻzgʻalganini sezdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi.
- Mening dehqon bobom, andak orom ol, Quyosh buroviga olgan palla bu. A. Oripov, Yillar armoni.
- Shu azoblar burovida oʻtirganida, eshik ochilib, avval davolovchi vrach, soʻng.. Nozima kirib keldi. "Yoshlik".
- -Hunar-mandlarning ogʻziga burov solib qoʻymoq kerak ekan, — dedi u [xonJ koʻzini chaqchaytirib. M. Osim, Elchilar.
- Muallim, tiliga burov solingandek, qaqqayganicha turib qoldi. A. Koʻchimov, Halqa.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0