Izohli lug‘at
burqimoq
бурқимоқ
Ma’nolari
- burqiramoq.
Misollar
- Mashhadiy kimdan ranjisa, oʻsha soatda bir hajv ila oʻz "dushmani"ni soʻz balchigʻiga shunday bulgʻaydiki, oʻqirkansan, eng chirkin hid burqib turadi. — Oybek — Navoiy
- Uzoqda, koʻzga xira chalingan tepalikning orqasida qora, quyuq tutun burqib, havoda ogʻir kezardi. — Oybek — Quyosh qoraymas
- Yertoʻlaning moʻrisidan burqib, Tuproq uyumlarin oralar tutun. — Asqad Muxtor — Asarlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0