Izohli lug‘at
burro
бурро
Ma’nolari
- Keskir, oʻtkir.
- Aniq-ravshan, biyron, oʻtkir.
Misollar
- Doʻppisini olib kel desangiz, axir biz jallod.. qilichi burro.. kimning ajali yetsa.. boshini kesib keltiramiz-da! Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Qilichim oʻtkir, tigʻim burro, hukmingizni bajo keltiraman.. "Luqmoni Hakim".
- Burro gap. Ti,\i burro odam. Oʻrinsiz haqorat soqovni burro qilar. Maqol. m
- Har qanday sher yurak, har qanday burro til ham muhabbat soʻzlarini izhor etishga ojizlik qiladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
- Toki ul farmon qoʻlga kirmas ekan, Islomxoʻjaning tili burro, martabasi ziyoda. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
Kelib chiqishi
f. — kesuvchi, keskir; oʻtkir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0