Izohli lug‘at
but
бут
Ma’nolari
- Toʻliq, hech qanday kamchiligi yoʻq; bekamu koʻst; yetarli; taʼmin etilgan.
- Imoni but 1) Ollohga, dinga ishonchi mustahkam; 2) vijdonli, eʼtiqodli.
- Sinmagan, butun, shikastlanmagan, sogʻ.
- =But II=
Misollar
- Ust-boshim but, qornim toʻq, qaygʻum yoʻq. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
- Berdiboyning oʻz hunar-lariga tegishli boʻlgan hamma asboblari but. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.
- Qorning toʻq, usting but, noshukurchiliging boshingni yeydi. "Yoshlik".
- Qush qanotsizucholmaganidek, mashina ham yoqilgʻisiz yoki biror qismi but boʻlmasa, bir qadam ham siljiy olmaydi. "Mushtum".
- Tila-gim: yoshlar aslo zavol topmasinlar, imon-lari doimo but boʻlsin. M.M.Doʻst, Lolazor. Koʻngli (yoki bagʻri) but Kamchiligi yoʻq, baxtli.
- Nazar akam yetim oʻsmagan, bagʻri but odam, lekin shunday boʻlsa-da, negadir unga rahmim keladi. M.M.Doʻst, Lolazor.
- Toki uning IMuhsinning] koʻngli but boʻlsin, umr daftariga dogʻ tushmasin.. M.M.Doʻst, Lolazor. Noni but Tirikchiligi toʻliq taʼ-minlangan, roʻzgʻordan kamchiligi yoʻq.
- Noni but kishining soʻzi ham burro. Gʻ. Gʻulom.
- Soʻng qoʻl-oyoqlarini harakatlantirib koʻrdi. Shukur, azoyi badani zirqirab ogʻ-rib tursa ham, suyaklari butga oʻxshaydi. "Yoshlik". But qilmoq Oʻz holiga keltirmoq, butun qilmoq.
- Kosa sindi. Endi uni but qilib boʻlmaydi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar.
- [Saidxon] Ikki parchani bir-biriga ulab, but qilib koʻrdi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka. Toʻrt ( yoki chor) shikali but q. chor.
Kelib chiqishi
=But I=
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0