Izohli lug‘at
butun
бутун
Ma’nolari
- Sinmagan; sindirilmagan; shikastlanmagan; siniq-mertik joyi yoʻq.
- Yirtilmagan, teshilmagan, yirtiq joyi, teshigi yoʻq.
- Buzilmagan, ochilmagan; yaxlit.
- Raso, toʻliq.
- Kasr qismi boʻlmagan.
- Bor(i), borliq, barcha, hamma.
- Oʻrin, joy, makon bildiruvchi soʻzlar bilan kelganda, ularni taʼkidlab yoki butunisicha, yaxlit koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
- Oʻrin, joy, makon yoki kishilar jamoasidagi barcha kishilarni bildiradi.
- Vaqt, muddat bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, shu soʻz orqali ifodalangan vaqt, muddatning boshidan oxirigacha boʻlgan chegarasini, oraligʻini ifodalaydi.
Misollar
- Butun non.
- Butun kosa.
- Butun gʻisht.
- Murabbiya haligi qoʻli singan qoʻgʻirchoqni olib, oʻrniga butun qoʻgʻirchoqni yotqizib qoʻyayotgan ekan. — Oydin — Bolalik uyda gʻiybat yoʻq
- Ular siniq jomashovni hamon butun jomashov demoqdalar. — "Mushtum"
- Koʻprik butunmi yoki majaqlab tashlandimi - bu unga qorongʻi. — I. Rahim — Chin muhabbat
- Sirtim butun boʻlsa ham, ichim tutun. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Butun kalish.
- Butun qop.
- Arslonning oʻsha toʻni hali butun, eskirmagan. — Saida Zunnunova — Koʻk chiroqlar
- Quda-andani oʻylagan oyim senga butungina mahsi ham kiygizib yubormabdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Butun konserva.
- Boy aytadi: -Butun bergin pulimni, Koʻp soʻylatib qichitmagin tilimni.. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
- Esi butun odam.
- Xayr qilsang, butun qil. — Maqol —
- Orziqul opamning onasi: "Nasibang butun boʻlsin, bolam" deb, dadamga non tishlatdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Butun sonlar.
- Ikki butun oʻndan besh.
- Besh butun bir taqsim ikki.
- Butun imkoniyatlardan foydalanmoq.
- Voqeani butun tafsiloti bilan aytib bermoq.
- Butun kuch, butun gʻayrat ulugʻ vazifalarni bajarishga qaratilgan.
- Uning butun vujudidan yoshlik, navqironlik, balogʻat tantanasi aks etib turardi. — Said Ahmad — Ufq
- Butun borligʻidan gupillab xushboʻy atirning hidi ham kelib turibdi. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Butun bir institutda undan chiroyli qiz yoʻq edi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Oshning hidi butun uyni toʻldirdi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Tosh fonuslar parpirab yonib, butun bogʻni charogʻon qilib turibdi. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar
- Sobir butun dunyoni unutgandi, uning atrofida qogʻoz, qalam va aytmoqchi boʻlgan soʻzlardan boʻlak hech narsa yoʻq edi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv
- Bu koʻzlar uchun butun olamni hadya etsa arzirdi. — J. Abdullaxonov — Oriyat
- Butun Fargʻona vodiysida Chorterakdan oldin oʻrik pishmaydi. — Said Ahmad — Ufq
- Azon pallada butun Qorabuloq toqqa joʻnadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Butun Yakkatut, balki butun olam uyquga choʻmgandi. — N. Fozilov — Diydor
- Bugun Chimyon qishlogʻini butun mamlakatimiz biladi. — Gazetadan
- Yerdan qor ketishi bilan koʻchib kelib, butun oila chumoliday ishlar edik. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Butun yil.
- Qutidor esa butun kun mehmonxonasiga kelib-ketib turgan koʻngil soʻrovchi oshna, yor-doʻstlari bilan ovora boʻldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ertalab dalaga joʻnaydi. Butun kun yer haydaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Butun umr yelkalaridan obkash tushmagan. — Said Ahmad — UfqBagʻri butun - 1) armonsiz, baxtli, kamchiliksiz, toʻkis.
- Dunyoda bir bagʻri butun kishi yoʻq ekan-da, Har kimning yuragida bir anduh. — Mirmuhsin — Meʼmor 2) bola-chaqasi, yaqin kishilari oʻz oldida boʻlgan.
- -Bolalaringizning diydoriga toʻydingizmi? - deb soʻradi. Eʼtibor opa. -Rahmat, aylanay Eʼtiborxon, bagʻrim butun boʻlib qoldi, - dedi Rohatbibi. — H. Gʻulom — Mashʼal
- Bechora dadasi, toʻy qilsam, ichkuyov boʻlsa, bagʻrim butun, uyim obod boʻlib qolardi, deb niyat qilardi. — Said Ahmad — UfqBir butun - yaxlit yoki boʻlinmaydigan.
- Bir butun qilib yasalgan detal.
- Tiktepa yerlarini biriktirish, oradagi chegaralarni buzib, bir butun qilish qiyin gap emas. — Abdulla Qodiriy — Gʻirvonlik MallavoyButun boshli - katta, butunlay; katta bir.
- Bo‘ri uvlab, tikan chatnab yotgan tashlandiq jar-jilgʻalar oʻrnida butun boshli yangi shahar barpo etildi. — J. Xolqosimov — Yangi uylar muborak
- Yangi yerlar ochilib, butun boshli yangi xoʻjaliklar tashkil topdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Men sendayligimda butun boshli oilani tebratganman. — E. Raimov — Ajab qishloqNoni butun - rizq-nasibali, toʻq, farovon yashovchi, hech narsadan kamchiligi yoʻq.
- -Xudoning oʻzi azaldan shaydlarning nonini butun qilgan, - dedi Fozil aka. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Sartarosh u dunyo, bu dunyo xor boʻlmaydi. Hamma vaqt noni butun. — E. Raimov — Ajab qishloqEsi (yoki aqli) butun - es-hushi joyida, aqlli.
- Har holda, esing butun-da, qurgʻur. — H. Nazir — Yonar daryo
- Oʻqimagan boʻlsang ham, aqling butun yigit ekansan. — Parda Tursun — OʻqituvchiTegirmondan (yoki tegirmonga tushsa) butun chiqadi - juda epchil, uddaburon; har qanday mushkul ahvolda ham oʻzini yoʻqotmaydigan odam haqida.
- Yigitmisan yigit! Kuchli, tegirmondan butun chiqadi. — Asqad Muxtor — Tugʻilish
- Hakimovni Sariosiyoda "tegirmonga tushsa, butun chiqadi", deyishadi. — "Mushtum"
Kelib chiqishi
((OʻTEL|I|BUTUN ’kam-koʻsti yoʻq’; ’yaxlit’. Kecha keltirilgan xom gishtning butunidan singani koʻp. ʼu sifat qadimgi turkiy tildagi 'tugal boʻl-’ maʼnosini anglatgan büt- feʼlidan —(ü)n qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 303)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0