Izohli lug‘at
buvi
буви
Ma’nolari
- Otaning yoki onaning onasi.
- Ona, oyi.
- Tilga olinayotgan kishi ismidan keyin kelib, shaxsning keksaligini, unga yaqin-lik, hurmatni ifodalaydi.
Misollar
- Mungli koʻzlari mehrga toʻla bu nozik kampir Shukurovga marhum buvisini eslatdi. O. Yoqubov, Diyonat.
- Bola buvisiga talpindi. "Saodat".
- -Yigʻlamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi Gʻulomjon, bunday gaplar onasining qalbiga malham boʻlmasligini bilsaham. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Gulsum opa idoradan chiqib, toʻgʻri Mohira buvinikiga ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
- Niso buvi, eri oʻlib, ikkita yosh qizi bilan qoldi. A. Qahhor, Asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0