Izohli lug‘at
buyurmoq
буюрмоқ
Ma’nolari
- Istak-talabni baja-rishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.
- Buyuring yoki buyursinlar 1) buyrugʻin-gizni beravering, buyrugʻingizni bajarish-ga tayyorman (tayyormiz). Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! -Buyu-ringiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyur-tirmoq.
- Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan).
- Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (do-ri-darmon, parhez va shu kabilar haqida).
- Biror ish, topshiriq bilan biror joyga yubormoq, joʻnatmoq.
- Taqyair qilmoq; xohlamoq, istamoq.
- Aybga buyurmoq q. ayb 2.
Misollar
- Ish buyurmoq. Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur. Maqol.
- Ishyoqmasga ish buyursang, Senga aql oʻrgatar. Maqol. n
- Uning nozikligi, koʻhlikligi hurmati ayab, yengil-yelpi ishlarni buyurardi. S. Ahmad, Ufq.
- Men hazrati oliylari buyurgan Madrasa tarhini chizish bilan bandmen. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Hokim yasovulni chaqirib, yoʻlga hozirlanishni buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Oʻlimga buyurdingiz, bizning nima gunohimiz bor ekan? "Luqmoni Hakim".
- Bu ishlarni menga buyuring, bekam! Mirmuhsin, Meʼmor.
- ..Juman pismiqqamurojaat qildi: -Buyuringiz, afandim! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha; 2) marhamat qiling, marhamat.
- [Volkov:] Afandilar, stolga buyursinlar! N. Safarov, Tanlangan asarlar.
- Palto buyurmoq. n Muhiddin to-leiga ofitsiant ham tez kela qoldi. Choy va ovqat buyurdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Tuflini darhol gilamga qoʻyib, kiyib koʻrdi: -Oʻzimga buyur-tirshianday! H. Gʻulom, Toshkentliklar.
- Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yarmini oling, lekin bolani tinch qoʻying. Bermayman, ovora boʻlmang! -Nega? Bolani onaga buyuradi-ku! A. Qahhor, Qushchinor chiroqlari.
- Parhez buyurmoq. m Faqir bu sabilga ogʻushtabiz, bavajh dafʼi savdoi tabib buyurgan. Hamza, Tanlangan asarlar.
- Menmi? Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Lekin doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Xushroʻy xizmat-chini oʻchoq boshi yumuiiariga buyurib, choyni oʻzi qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zay-nabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Xizmat desa juda abjir boʻlaman, Nima buyursangiz, ishlab kelaman. "Murodxon".
- Tangrining buyurgani shu ekan. Lekin, Meʼmor, siz yaxshi odamsiz, dilimga yoqasiz. Mirmuhsin, Meʼmor.
- -Oʻgʻlim, koʻngil buyurgan ishdan zaruri boʻlmaydi, — dedi rais Tosh-poʻlatovga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sang-tarosh boʻlib qoshasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor. Tashrif buyurmoq q. tashrif.
- Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning usta-xonasiga tashrif buyurdi. "Yoshlik".
- Kelin poshshaga mu.ua uzuk buyurdingizmi ? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0