Izohli lug‘at
chalinmoq
чалинмоқ
Ma’nolari
- . Chalmoq II
- Gapga chalinmoq Gap-soʻz boʻlmoq, ogʻizga tushmoq.
- Kasalga (yoki dardga) chalinmoq Biror kasallik bilan ogʻrib qolmoq; kasal boʻlmoq.
- Koʻzga chalinmoq Koʻrinmoq; koʻzga tashlanmoq.
- Quloqqa chalinmoq 1) eshitilmoq.
Misollar
- Uchinchi minutda Haydar raqibini surib borayotib, chalinib, yiqilib tushdi. — I. Rahim — Ixlos.
- Qand kasaliga chalingan odamning tishlari moʻrt boʻladi. — K. Qahhorova — Chorak asr hamnafas.
- Bu vaqt uning [Umidning] dardga chalinib qolgan payti edi.. — Mirmuhsin — Umid.
- Bir vaqt uzoqda — oldinda qorayinqirab sakvovulzormi, yulgʻunzormi, koʻzga chalindi. — M. Mansurov — Yombi.
- Tun sukunatida otlarning dupuri quloqqa baralla chalinardi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar; 2) boshqalardan eshitib, biror xabar, yangilikdan voqif boʻlmoq.
- [Shofyor:] Qulogʻingizga chalingandir — otam hajdalar. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0