Izohli lug‘at
chalishmoq
чалишмоқ
Ma’nolari
- Chalmoq I fl. birg. n.
- Yurganda, qadam tashlaganda bir-biri-ga urilmoq, qoqilmoq, chalkashmoq (oyoq ha-qida).
- Harakat qilmoq, mehnat qilmoq.
- Suzilib, yumilib ketmoq; yumi-lib ketmoq (koʻz haqida).
Misollar
- Chapak chalishdi. Ovqatga zang chalishdi. m
- Sozandalar bir toʻxtab, ufor chalishdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oyoqlari taqimigacha qorga botar, baʼ-zan chalishib ketardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Usta Abdugʻafur uyqusi kelib mudrayotgan odamdek, koʻzlari chalishib, boshi qiyshaya boshladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Oftobning shuʼlasiga qaragandek, Goʻroʻgʻlining ikki koʻzi chalishib qoldi. — "Gul-shanbogʻ".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0