Izohli lug‘at
chaqirmoq
чақирмоқ
Ma’nolari
- Nomini aytish, ovoz chiqarish yoki biror xatti-harakat vositasida muayyan joyga kelishga undamoq, chor-lamoq.
- Oʻziga qaratish maqsadida nomini aytib yoki boshqa soʻzlar vositasida uzoq-roq joydan turib murojaat qilmoq.
- ..deb chaqirmoq Atamoq, shunday nom, soʻz-ni qoʻllab murojaat qilmoq.
- Taklif, daʼvat qilmoq.
- Kuyov chaqirdi etn. ayn. kuyov charlar. q. charlar.
- Biror ish, vazifa va shu kabilarni ado etish-ga yoki unda ishtirok etishga daʼvat qilmoq, undamoq.
- Majlis (yoki kengash) chaqirmoq Majlis yoki kengash boʻlishi haqida unga aloqador shaxslarga bildirmoq, xabar bermoq; majlis yoki kengash oʻtkazmoq.
- Biror narsani keltirishni soʻramoq, buyurtma bermoq (oshxona, choyxona va sh.k. larda). |
- Ollo(h), xudo, egam, parvardigor kabi soʻzlar bilan birga qoʻllanib, "vafot qildi, oʻldi" degan maʼnoni anglatadi.
- Qichqirmoq, tovush chiqarib xabar bermoq.
- Pirovardida biror natijaga olib kelmoq; keltirib chiqarmoq.
- Eshigini chaqirmoq Birovning eshigini qoqmoq, taqillatmoq.
Misollar
- Bir vaqt Kumush xola chaqirib qoldi: -Huv Qorakoʻz! Munda kel, bolam! — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- U on qarsurib, mulozimini chaqirdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ahmedov imo bilan uni Kanizakni chaqirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Boʻtaboy baland ovoz bilan bri-gadirlarni chaqirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Koʻcha-ning narigi yuzidan uni kimdir chaqirdi. Hamroqul, chaqirgan kishiga qarayman, deb gandiraklab ketdi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Bu kishining us-todlari.. Zokir eshon-da.. Xonuni "Zokir gov" deb chaqirar edi. — K. Yashin — Hamza.
- Boʻlmasa sizni, amaki, deb chaqirsam maylimi? — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Dehqon oʻzining yaqin qarindoshlarini va oshna-ogʻaynilarini mehmonga chaqiribdi. — "Chalpak yoqqan kun".
- Begimxonning onasi kuyov chaqirdisi-ni oʻtkazishi bilan 1939 yili Erali harbiy xizmatga ketdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Yordamga chaqirmoq. Musobaqaga cha-qirmoq. n Rahbarlar Fotimaning ishini maqtab, hammani undan oʻrnak olishga cha-qirardi. T. Ashurov, Oq ot.
- Cholning jahli chiqib, zolim xonni urushga chaqirdi. — "Chalpak yoqqan kun".
- Nikoh kuni.. samovar qaynatish ishiga boyning xotini Yoʻlchini chaqirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ertoyevning bax-tiga, ikkinchi sekretar ham kichik majlis chaqirgan ekan.. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Husayn Boyqaro kengash chaqirdi. — Oybek — Navoiy.
- Yoʻlchi\ Choyxonalardan biriga kirdi. Ustunga suyanib, taxta karavotda oyogʻini uzatib oʻtirdi. Choy chaqirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uzing chaqirding, oʻzing bu-yurding. [Pulini] Toʻlayber! — A. Qahhor — Ogʻay-nilar.
- Ollo Far-ruxni oʻz dargohiga chaqirib olibdi. S. — Siyoyev — Yorugʻlik.
- Gudok chaqirdi. m
- Bu orada yana bir xoʻroz chaqirib oʻtdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Uyqu kasal chaqirar. — Maqol. ■■
- Ortiqcha kulgi yi-gʻi chaqiradi. — Gazetadan.
- Tut tepasida bir qargʻa boʻynini choʻzib, jon-jahdi bilan qa-gʻillab, qor chaqirardi. — Mirmuhsin — Qula-mas qoya.
- Quyosh tik kelganda, Choʻli bobo hammani ovqatga chaqirdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0