Izohli lug‘at
charxpalak
чархпалак
Ma’nolari
- Suv kuchi bilan ay-lanib, katta ariqdan yuqoriga suv chiqa-radigan eng qadimiy qurilma; chigʻir. Kech yengil shabadada barglar asta shildirar, bu mayin sas.. yalqovlanib aylanayotgan charx-palakning gʻirch-gʻirchiga qoʻshilib ketardi. Y. Shamsharov, Toshqin.
- Madaniyat-istirohat bogʻlariga, bo-lalar maydonlariga oʻrnatiladigan, bir nechta kajavasi boʻlgan, gorizontal oʻq atrofida elektr quvvati yordamida aylanuvchi katta gʻildirak tarzidagi koʻngilochar inshoot.
- Tarix charxpalagi Tarixiy voqea-ho-disalar silsilasi; tarixning gardishi. Abul Abbos Maʼmunning fojiali oʻlimidan soʻng koʻhna tarixning charxpalagi tezroq aylana boshladi. M. Osim, Karvon yoʻllari-da. Charxpalak boʻlmoq Dumbaloq oshib, oyogʻi osmondan boʻlib yiqilmoq.
Misollar
- Charxpalak chuqursoy tubidan suv olib, tevarakka jon baxsh etmoqda. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- [Qiz\ Qiyqirib kular, tezlikni pisand qilmas, charxpalak yana oʻn marta tezroq charx ursa ham, unga kamlik qila-digandek edi. — A. Muxtor — Davr mening taq-dirimda.
- [Otamurod] Bu ahvolda ikki qadam yurmay charxpalak boʻlib yiqiladi-ku. Emaklagani maʼqulmikan? — M. Mansurov — Yombi.
Kelib chiqishi
f. + a. dlij^ — osmon gumbazi; dunyoning, taqdirning oʻzgaruv-chanligi, beqarorligi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0