Izohli lug‘at
chaynamoq
чайнамоқ
Ma’nolari
- Ogʻizdagi taomni tish-lar orasida maydalamoq, yumshatmoq.
- Tirikchilik uchun ishlatmoq.
- s. t. ayn. gʻajimoq 5.
- Birovni gʻiybat qilmoq, yomon-lab gapirmoq; koyimoq.
- koʻchma salb. Bir gapni hadeb qayta-ravermoq; gapni choʻzmoq; hal boʻlgan ma-salani yana aylantirib muhokama qila-vermoq.
- Chaynamang shiming ayn. obakidandon.
Misollar
- Ahmad parvoyi palak, ogʻzini toʻldirib, non chaynar-di. — F. Musajonov — Himmat.
- Opiar pishqi-rib turib, xushboʻy hoʻl bedani ishtaha bilan chaynamoqda edilar. — Oybek — O. v. shabadalar.
- [Yaxshiboyev:] Mayda chaynab yesang, bu pul senga koʻp yshka yetadi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Mashina qoʻlini chaynab ketibdi.
- Dadasi bilan oyi-si hamon uning opoq dadasini "chaynayotgan" edi. — "Yoshlik".
- [Yorqinoy] Bir kuni toʻyga borgan edi, xotin-xalaj nuqul uni "chaynab" oʻtirishdi. — R. Rahmon — Mehr koʻzda.
- [Boʻtaboy] Oʻzi ham aniq-ravshan bir soʻz aytolmay, gapni chaynay boshladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Zumradning] Qulogʻidagi shisha isirgʻa xuddi bir parchagina chaynamang shimingdek yiltil-lab turar.. edi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bor-dek halovat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0