Izohli lug‘at
chilparchin
чилпарчин
Ma’nolari
- [f. - qirqqa
- boʻlingan, parchalangan] Parcha-parcha, mayda-mayda; chil-chil.
- Chilparchin boʻlmoq 1) parcha-parcha boʻlmoq, chil-chil boʻlmoq.
Misollar
- Oyna chilparchin boʻldi. m
- Shavkat hozir eng yuqori qavatda, yerdan judayam balandda ekanliklarini, bu yerdan yiqilgan odam chilparchin boʻlishini oʻyladi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom; 2) maxv boʻlmoq, tilka-pora boʻlmoq; yoʻq boʻlmoq, yoʻqqa chiqmoq.
- Yov chilparchin boʻldi. Dushmanning qora niyatlari chilparchin boʻldi. n
- Boʻriyevning qurilishni oʻpirilishdan chi-qarishga qaratilgan dadshch loyihasi.. chilparchin boʻldi. — A. Muxtor — Tugʻilish; 3) ozor chekib, ranjib, ezilib pora-pora boʻlmoq, sadpora boʻlmoq.
- Nafisaning qalbi birpas-da chilparchin boʻldi. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufkdar. Chilparchin qilmoq 1) parcha-parcha, chil-chil qilmoq, sindirmoq.
- Buxoroning Samarkand darvozasi ham chilparchin qilinib, yoʻl chetlariga uloqtirilgan. Sh. Toshmatov, Erk qushi; 2) maxv etmoq yoʻq qil-moq.
- Dushman chilparchin qilindi; 3) ozor bermoq, qattiq ranjitmoq. Ortiq shu bir ogʻiz gap bilan uning koʻnglini chilparchin qilib tashlaganini sezdi. M. Mansurov, Yombi; 4) toʻsatdan taʼsir qilib, tar-qatib yubormoq; yoʻqqa chiqarmoq.
- Nargis-xonning jarangdor ovozi xayolimni chilparchin qilib yubordi. — "Sharq yulduzi".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0